Toshkent shahridagi Inha universitetida harbiy tibbiyotning ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi

 

Bugun Toshkent shahridagi Inha Universitetida birinchi marotaba harbiy shifokorlar tibbiyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish va ushbu sohadagi yutuqlarni namoyish etish uchun ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Universitet v.b.rectori Muzaffar Djalalov kirish nutqi bilan mehmonlarni qarshi oldi.

O’zbekistonda ilk bor harbiy shifokorlarning «Harbiy tibbiyotning dolzarb muammolari» nomli ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tibbiy bo’limlari rahbarlari va shifokorlari ishtirok etdilar.

Anjumanda harbiy operatsiyalar va favqulodda vaziyatlarda yaradorlarga birinchi jarrohlik yordam ko’rsatishni yaxshilash yo’llari, yarador va bemorlarni evakuatsiya qilish, yarador va bemorlarning  kasalxonalarda tibbiy yordam ko’rsatish masalalari muhokama qilindi.

Aytib o’tish joizki tez kunlarda Toshkent shahridagi harbiy gospital hududida alohida harbiy jarrohlik binosi ochilishi ma’lum qilindi. Ayni paytda binoni eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlsh ishlari olib borilmoqda.