13 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida yoshlar va O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi boshlig’i general-mayor Rustam Djo’raev,Toshkent shahridagi Inha universiteti v.b rectori Muzaffar Djalalov va Mirzo Ulug’bek tumani hokim o’rinbosari Fayzulhon Hakimovlar o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda universitetlar va kollejlar bitiruvchilarining hayoti va kelajakda kasbiy rivojlanishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, ta’lim va tarbiyaning ahamiyati muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida IIBB xodimlari tarafdan o’tgan yilning Toshkent shahrida sodir etilgan jinoyatlari to’g’risida statistik ma’lumotlarni taqdim etdib ishtirokchilarning barcha savollariga javob berdilar.
Tadbirning yakunida IIBB hodimlari tomonidan iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida diplom va sovg’alar tagdim etildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Yuldasheva Ummatoy «Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi» va Akmal Karimov «Yilning eng faol talabasi» unvoniga sazovor bo’ldilar.
Bugungi kunda yoshlar uchun bunday uchrashuvlar zarur ekanligini takidlar ekanmiz ularning tarbiyasi kelajakda to’gri yo’l tanlashlari muhim ahamiyatga egadur.