24 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ISO 37001: 2016 «Poraxo’rlikka qarshi boshqaruv tizimi» xalqaro standartiga muvofiq bo’lib Universitet rahbariyati va kafedra mudirlari uchun trening bo’lib o’tdi.
«CERT International» sertifikatlash organi direktori Ildar Ineleev xodimlarga «Poraxo’rlik» so’zi nimani anglatishi,unga qarshi kurash usullari va bu boradagi xorijiy tajribalari bilan tanishtirib chiqdi.
Murabbiy pora olish, berish va vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlika to’rtilish to’g’risida gapirib, O’zbekistondagi vaziyatga allohida to’xtalib o’tdi.ISO 37001: 2016 «Poraxo’rlikka qarshi boshqaruv tizimi» xalqaro standartida belgilangan korrupsiyaga qarshi kurash usullari va ularni universitetda qanday qo’llash mumkinligi haqida so’zlab o’tdi.
Trening yakunida Ildar Ineleev Universitet xodimlari tomonidan berilgan barch savollariga javob berdi.