Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘qituvchilarning malakasini oshirishga, shuningdek zamonaviy sharoitda o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga bag‘ishlangan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va metodistlari uchun bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Belgilangan vazifalar doirasida 30 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan video-selektoriga muvofiq, Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha qator ilmiy-amaliy seminarlar, treninglar va konferensiyalar tashkil qiladi. Tadbirlar doirasida tabiiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning uslubiy jihatlari muhokama qilinadi.
Tadbirlar 2020 yil 18 noyabrdan 2021 yil 31 yanvargacha tashkil etiladi.
Konferensiyalar va seminarlar dasturlari ishtirokchilar bilan fikr almashish, interaktiv munozaralar shaklida fikr almashishga qaratilgan.
Ushbu tadbirlarda, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan guruhlarda qatnashadilar.