12 fevral kuni «INHA Vision 2030» qo’mitasi raisi Park Ki Chan boshchiligidagi Koreyalik malakali delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tashrifi 12 – 14 fevralgacha bo’lib, Toshkent shahridagi Inha universitetida ta’limning sifatini baholaydi. Koreya delegatsiyasi talabalar va professor-o’qituvchilar bilan uchrashib, universitetning hozirgi kunda bo’lgan holati va ta’lim sifatni yaxshilash ishlarini muhokama qilinib akademik menejment va IT-ni qo’llab-quvvatlash tizimini o’rganib chiqadilar.