2021-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Innovatsion rivojlanish vazirligi, UNICEF, Yoshlar muammolarini o‘rganish instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ishtirokida tashkil etildi
Ushbu tadbirning asosiy mavzusi “Internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri” bo’ldi. Shuningdek, seminarda “O‘zbekistonning raqamli yoshlari: tendensiyalar, istiqbollar”; “Kibersotsiallashuvning xavf-xatarlari va tahdidlari: 21-asrda Internet nima uchun xavfli”; “Internetning ijobiy ta’siri haqida yoshlarning fikri”; “Virtual ijtimoiy tarmoqlardagi yoshlarning qadriyatlari va qiziqishlari kabi mavzular yoritildi.
Tadbirda Diloram Toshmuhamedova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Nargiza Aliqulova – Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi matbuot va axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Muzaffar Djalalov – Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori, Turdimurat Tursunmuratov – Toshkent shahridagi Inha universitetining yoshlar siyosati bo‘yicha prorektori, Shim Minsan – INHA universiteti professori (Janubiy Koreya), Gulnar Djumayeva – Toshkent shahridagi Inha universiteti eksperti, Madina Mirsalixova – Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 4-bosqich talabasi, Azizbek Azizov Toshkent shahridagi Inha universiteti 3-kurs talabasi, Odiljon Isoqov Toshkent shahridagi Inha universiteti 1-kurs talabasi, shuningdek, olimlar, ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari, jurnalistlar, talabalar, Yoshlar ittifoqi vakillari qatnashdilar. INHA universiteti (Janubiy Koreya) va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar parlamentining xorijiy professor-o‘qituvchilari onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Davra suhbati ishtirokchilari tashkilotchilarning tashabbusini yuqori baholab, talabalar uchun bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazib turish istagini bildirdi.