30 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibi a’zolari quyidagilar:
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining MDH mamlakatlari parlamentlari bilan hamkorlik bo’yicha parlamentlararo diplomatik forumining rahbari va delegatsiya rahbari Chu Mi E;
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Fan, texnologiyalar, axborot va telekommunikatsiyalar qo’mitasi a’zosi, Koreya-O’zbekiston parlamentlararo do’stlik uyushmasi raisi Byung Je Il;
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Milliy siyosat qo’mitasi a’zosi Kim Jong Xon;
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Ta’lim qo’mitasi a’zosi So Yong Kyo;
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat munosabatlari qo’mitasi raisining o’rinbosari Shin Chang Xun va boshqa vakillar.
Rektor vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov va birinchi prorektor Cho Vu Sug chet elda birinchi Janubiy Koreya universitetining tashkil etilishi tarixi va universitetning professor-o’qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlardagi ilmiy faoliyati to’g’risida gapirib berdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.