Turkiyaning “Netcom Computer Inc” IT-kompaniyasi vakillari TshIUga tashrif buyurishdi

16-fevral kuni “Netcom Computer Inc” kompaniyasi direktori Fatih Turkman Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti prorektori Turdimurat Tursunmuratov Turkiyaning IT-kompaniyasi vakillarini universitetning o‘quv faoliyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, «Netcom Computer Inc» Turkiyaning birinchi va eng tajribali IT-kompaniyalaridan biri bo‘lib, 30 yildan ortiq vaqtdan beri IT sohasida turli xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.