▫️Toshkent shahridagi Inha universiteti va ANORBANK hamkorlikni boshlaydi

18-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev va ANORBANK Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Elyor Najimitdinov uchrashuv o‘tkazdilar, unda STEM-ta’limni birgalikda targ‘ib qilish, xakatonlar va master-klasslar o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma IT-laboratoriya yaratish masalasini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Hamkorlik talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi: grantlar, pullik amaliyotlar, real IT loyihalarda ishtirok etish, malaka oshirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish.

Eng yaxshi talabalar bilimlarini amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, kompaniya esa yangi avlodning yangi g‘oyalari va iste’dodlaridan xabardor bo‘ladi.