🏆 INHA & IT Park CUP Hackathon 2025 finali:

20-mart kuni INHA & IT Park CUP Hackathon 2025 finali bo‘lib o‘tdi! Uch kunlik qizg‘in mehnat, g‘oyalar yaratish va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish ishtirokchilarni uzoq kutilgan lahzaga – eng yaxshi jamoalarni taqdirlashga olib keldi.

   

INHA & IT Park CUP Hackathon 2025 shunchaki musobaqa emas, balki IT sohasida yosh iste’dodlarni rivojlantirish uchun haqiqiy platformaga aylandi. Ishtirokchilar mamlakatning raqamli kelajagini o‘zgartira oladigan yechimlarni yaratishga qodir ekanliklarini isbotladilar!

   

G‘oliblarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga tirishqoqligi, jasorati va innovatsiyalarga intilishi uchun minnatdorchilik bildiramiz! 💙