💻«ICTWEEK Uzbekistan 2025»

2025-yil 23-sentabr kuni yilning asosiy voqealaridan biri – “ICTWEEK Uzbekistan 2025” AKT haftaligi boshlandi.

Eslatib oʻtamiz, “ICTWeek Uzbekistan” AKT haftaligi 2025-yilning 23-26-sentabr kunlari CAEx (Central Asian Exhibition) “ICT Expo Uzbekistan” koʻrgazmalar markazida boʻlib oʻtadi. Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad AKT va axborot xavfsizligi hamda dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohadagi amaliy natijalar va rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilishdan iborat.

▫️Toshkent shahridagi Inha universiteti jamoasi, xodimlar, talabalar, ko‘ngillilar, shuningdek, universitet rahbariyati «ICTWEEK Uzbekistan 2025″da ishtirok etmoqda. Xususan, Inha tadbirning ta’lim hamkori hisoblanadi.