📰 Toshkent shahridagi Inha universiteti Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida ishtirok etdi

2025-yil 2-3-noyabr kunlari Toshkentda Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi, unda ikki mamlakat ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston va Xitoyning 300 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
 
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) nomidan forumda o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Jamshid Shuxratullayevich Inoyatxodjayev sessiyada quyidagi mavzuda ma’ruza qildi:
«Sun’iy intellekt davrida yangi avlod kadrlarini tayyorlash: O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi tajribasi va istiqbollari.»
 
Jamshid Inoyatov o‘z nutqida ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, IT-ta’lim sohasida tajriba almashish va ikki mamlakat talabalarida kelajak kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi. Forum doirasida B2B uchrashuvlar ham bo’lib o’tdi.