Toshkent shahridagi Inha universiteti 1-iyundan boshlab 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi oromgohni ishga tushiradi!
Yozgi oromgoh bolalarga turli xil ko‘ngilochar musobaqa va mashg‘ulotlar o’tish bilan bir qatorda quyidagi fanlar bo‘yicha bilimlarini oshirish imkonini beradi:
🏆Scratch dasturlashni o’rganish
🏆Infografik taqdimotlar yaratish
🏆3D modellashtirish
🏆Robotexnika
Shuningdek, bolalarni sport va intellektual o’yinlar, kvestlar, tanlovlar, turnirlar, pazandachilik, ijodiy mahorat darslari va boshqalar kutmoqda.
SIZDA QUYIDAGI IKKITA TANLOVDAN BIRINI TANLASH IMKONIYATINGIZ MAVJUD:
▫️Toshkent shahridagi Inha universitetida – haftasiga 2 marta 9.00 dan 12.00 gacha
▫️Dream School xususiy maktabida – haftasiga 5 marta 8.40 dan 18.00 gacha
📞Ma’lumot uchun telefon:
+998 71 289 99 99 (ichki raqamlar 0301.0302, 0303)
☀️Sizni va farzandlaringizni Inha IT-lagerida kutib qolamiz!
