▫️2025-yil 19-may kuni tayyorlov kurslari talabalari uchun Graduation Party boʻlib oʻtdi!

Bu kun qizg’in o’quv yilining yorqin yakuniga aylandi.

Birinchi kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarimizni tabrikladik – siz zo’rsiz!

Tadbir doirasida qiziqarli musobaqalar va o‘yinlar o‘tkazildi. Eng faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sizni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari sifatida ko’rishga chin dildan umid qilamiz. Kurslarda olingan bilimlar kelajakdagi g’alabalar uchun mustahkam poydevor bo’lsin!