⚡ «Miss IUT» — go’zallik, intellekt va iste’dod tanlovi!

8-Mart bayrami arafasida Toshkent shahridagi Inha Universitetida ajoyib tadbir — «Miss IUT» tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir barcha ishtirokchilar va mehmonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

  

👑 Ushbu tanlov bir necha bosqichlardan iborat bo’lib, unda ishtirokchilar o‘zlarining aql-zakovati, badiiy mahorati, jozibasi va o‘zini namoyon qilish qobiliyatini namoyish etdilar. Tanlov ishtirokchilari intellektual raund davomida o‘z bilimlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirib, ijodiy chiqishlari orqali o‘zlarining individualligini namoyon etdilar.

Tanlovda quyidagi ishtirokchilar qatnashdilar:

Safina Adelina
Davlatova Durdona
Maхkamova Farangiz
O’ktamjonova Farangis
Baxodirova Shaxnoza
Tillyabayeva Shirina

IUT talabalarining ajoyib raqs va vokal chiqishlari bayramona muhitga yanada ko‘proq zavq bag‘ishladi. Ularning mahoratli ijrolari kechani yanada yorqin va ilhombaxsh qildi.

✨ Tanlov g’olibasi va Miss IUT unvoniga sazovor bo’lgan — Mahkamova Farangiz!

G‘oliba va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Sizlar go‘zallikning nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki aql, ishonch, iste’dod va yangi cho‘qqilarga intilishda ekanligini isbotladingiz!

🎉Tadbir tashkilotchilariga, hakamlar hay’atiga va ushbu kechani unutilmas qilish uchun hissa qo‘shgan barchaga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. IUT dagi keyingi yorqin tadbirlarda yana ko‘rishguncha!