Forumda 80 dan ortiq mamlakat vakillari, davlat xizmati, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish sohasidagi ekspertlar, vazirlar va rahbarlar ishtirok etdi.
Forum doirasida rektor xalqaro hamkorlar bilan bir qator strategik muhim uchrashuvlar o‘tkazdi, jumladan:
1️⃣ Janubiy Kaliforniya universiteti (Price School of Public Policy) vakillari bilan akademik mobillik dasturlari, Executive MBA uchun modullar, shuningdek, Los-Anjelesdagi amaliyot va stajirovkalar muhokama qilindi.
2️⃣Xalqaro IT-direktorlar assotsiatsiyasi (IACIO) prezidenti Jan-Per Offre bilan sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, EMBA va qisqa muddatli kurslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
3️⃣ Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (NHI) delegatsiyasi bilan: rahbarlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar istiqbollari, elektron hukumat sohasida tajriba almashish va davlat sektorining kadrlar siyosati muhokama qilindi.
4️⃣ Maks Plank xavfsizlik va maxfiylik instituti (MPI-SP) ilmiy direktori, KAIST professori, professor Meeyoung (Mia) Cha bilan: tadqiqot amaliyotlari, professorlar almashinuvi va raqamli xavfsizlik hamda maxfiylik sohasidagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlikni o‘rganib chiqdik.
🌎Ushbu uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun akademik, ilmiy-tadqiqot va karyera imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
