🎓Bahorgi «Job & Edu Fest 2025» Toshkent shhridagi Inha universiteti da bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida  bahorning eng kutilgan tadbirlaridan biri – barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari va maktab o‘quvchilari uchun ochiq bo‘lgan yillik Job & Edu Fest 2025 bo‘sh ish o‘rinlari va ta’lim imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!

Tadbir Huawei, Click, Uzinfocom, Uzcard, TBC Bank, IT-Park, Lactalis, Akfa, Deloitte, Sarkor Telecom, Cyberpark, Unicon, Fido-biznes va boshqa ko‘plab 100 dan ortiq yetakchi kompaniyalar va ta’lim tashkilotlari vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar ishga qabul qiluvchilar bilan shaxsan muloqot qilish, ularga savollar berish va o‘z rezyumelarini qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, festival doirasida kompaniyalarning yetakchi ekspertlari tomonidan treninglar o‘tkazildi, ular orasida Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi ham ishtirok etdi.
– Muhammadsaid Mamasaidov («Tilmoch») va startaplar uchun grantlar va akseleratorlar imkoniyatlari haqida gapirdi.

Yarmarka nafaqat karyera va ta’lim imkoniyatlari maydoniga, balki jonli muloqot, fikr almashish va ilhomlanish maskaniga aylandi.

Kun Inha universiteti va hamkorlar tomonidan sovg‘alar o‘ynalishi bilan yakunlandi.

Job & Edu Fest 2025 ishtirokchisiga aylangan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!