Talabalarimiz Sardorbek Ahmedov, Ubbiniyaz Dauletniyazov, Suhrobjon Eshpo‘latov Ostonada (Qozog‘iston) CILT Central Asia bazasida Coventry University Kazakhstan bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Next Generation – Youth Logistics Forum 2025 da Toshkent shahridagi Inha universitetini munosib tarzda taqdim etdilar.
Musobaqada Markaziy Osiyodan 11 ta jamoa – Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishtirok etdi.
Forum yakunida jamoamiz faxrli 3-o‘rinni egallab, pul mukofotiga sazovor bo‘ldi 🏆💰
Talabalarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! Oldinda sizni yanada ulkan g‘alabalar kutmoqda! 🚀

