Sakkiz nafar o‘zbekistonlik talabalardan iborat “Techno Mind” jamoasi qishloq xo‘jaligi uchun raqamli texnologiyalardan foydalangan holda integratsiyalashgan suv filtrlash tizimini yaratish loyihasi – “Aquatibia”ni taqdim etdi.
Loyiha global Tech4Good tanlovida “Silver Award” mukofotni qo’lga kiritdi va «Peaple’s Choice Award» ovoz berishda jarayonida «tomoshabinlar tanlovi» deb topildi.
Jamoada turli oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etgan bo‘lib, jamoa yetakchisi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Otabekova edi.
– O‘tgan yilning sentabr oyida viloyat chempionatida g‘olib chiqqanimizdan so‘ng, jamoam bilan global final bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshladik. Biz texnologiyamiz bilan, ayniqsa, suv resurslarini himoya qilish bo’yicha tobora ortib borayotgan muammolar bilan hal qilishimiz kerak bo’lgan katta muammo borligini bilardik. Bizning suv filtrimiz shunchaki g’oya emas, bu barqaror kelajakka sodiqlikdir. Biz o’z vazifamizning dolzarbligini to’liq tushunamiz va odamlarni toza suv bilan ta’minlashga intilamiz. Huawei kompaniyasiga bunday taʼlim loyihalarini amalga oshirgani va tanlovni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. U bizga ko‘p narsalarni o‘rgatdi va biz o‘z qarashlarimiz bilan o‘rtoqlashadigan ajoyib insonlarni uchratdik”, — dedi “Techno Mind” jamoasi yetakchisi, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Otabekova.
🎓G’oliblarni tabriklaymiz va qo’llab-quvvatlaganingiz uchun barchaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
