📣Hurmatli talabalar, sizlar uchun ajoyib imkoniyat!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun yangi amaliyot dasturi. Ushbu amaliyot 5 hafta (25 ish kun) davom etadi.
 Yozgi amaliyot dasturining afzalliklari:
– Dastur yozgi ta’til mobaynida bo`lib o`tadi;
– Amaliyot yirik tashkilotlarda va talabalar tahsil olayotgan yo‘nalishlarda o‘tkaziladi;
– Amaliyot o`talgan davr uchun ish haqi to`lanadi;
❗️Va eng muhimi, yozgi amaliyot dasturida qatnashgan talabalar uchun 6ta kredit qo`shib beriladi.
Muhim sanalar va shartlar!
Kimlar murojaat qilishi mumkin:
– Hozirgi kunda TShIUda to‘rt yoki yetti semestrni tamomlagan va bakalavriatga qabul qilingan talabalar topshirishi mumkin.
– Ushbu dasturni oflayn tarzda mavsumiy semestrlar bilan birlashtirib bo’lmaydi.
Murojaat qilish davri: 2022y, 8-15 iyun
Natijalar e’loni: 2022 yil 24-iyun (juma)
Tayyorgarlik davri: 4 iyuldan 19 avgustgacha (5 hafta).
+998 71 289 99 99 (0128)
+99899 304 73 28