1-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yadilar:
– innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy etish;
– ilmiy ishlanmalar, o‘quv qo‘llanmalar va fandan keng foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ishlab chiqish;
– o‘quv jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va qo‘llash bo‘yicha konsepsiya va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
– ta’limga oid axborot tizimlarini integratsiyalash, ta’lim platformalarini va ularning mobil ilovasini ishlab chiqishni tashkillashtirish;
– Kasbga yo‘naltirish va raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslar, seminar-treninglar, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish;
– Yangi tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda mahalliy va xorijiy grantlarda ishtirok etish;
– har tomonlama tajriba almashish va xorijiy mamlakatlarda amaliyotlarni tashkil etish.