13-may kuni Toshkent 2 King Sejong instituti o‘qituvchilari FL Chet tillari dasturi bo‘yicha Good morning, Uzbekistan (Koreys tili) dasturida ishtirok etishdi.

O‘quv markazi o‘qituvchilari tomonidan 2 soat davomida grammatika va og‘zaki nutq bo‘yicha turli kognitiv mahorat darslari o‘tkazildi. Markaz direktori markazning qanday va qachon ochilgani haqida so‘zlab berdi hamda koreys tili va madaniyatini targ‘ib qilish yo‘lidagi TshIU missiyasi haqida gapirdi.
Dastur davomida Toshkent 2 King Sejong instituti talabalari bilan suhbat bo’lib o’tdi.

Yakunida koreys taomini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.