Toshkent shahridagi Inha universitetining 4-bosqich talabasi Raxima Nug’monova AQSh elchixonasi tamonidan o’tkazilgan Markaziy Osiyo “Next30 yosh lider”lar tanlovida g’olib bo’ldi.
Raxima Nugmonova Markaziy Osiyo va butun dunyo ayollarning texnologik tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan Peri Tech loyihasining hammuassisi hisoblanadi.
Musobaqa 3 bosqichda o’tkazildi:
birinchi bosqich – anketani to’ldirish;
ikkinchi bosqich – avtobiografiya yozish;
uchinchi bosqich – 1 daqiqali videoni yozib olish.
– Sayohatdan yangi odamlar bilan tanishishni, tajriba almashishni, shuningdek, Amerikaning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishni xohlayman, – deydi Rahima Nug’monova.