14-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida GOC, MOOSONG LTC va Respublika OITSga qarshi kurashish markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Koreya vakillari tomonidan ishlab chiqarilgan teletibbiyot sohasidagi qurilmalari bilan tanishtirdilar.
Muhokama yakunida tomonlar o’rtasida to‘rt tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu loyiha 28-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ochilgan BPO markazida amalga oshiriladi. Takidlash joizki, ushbu qurilmada olingan tahlil natijasi bilan 10dan ortiq kasalliklarni aniqlash imkonini beradi.