14 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Universitet talabalari va xodimlari uning merosiga hurmat ko‘rsatish, ohangdor g‘azallaridan zavqlanish va she’riyati ruhidan bahramand bo‘lish uchun yig‘ilishdi. Iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar va musiqiy chiqishlar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Tadbir yakunida faol talabalar sovg‘alar bilan taqdirlandi.