Tadbirda Koreya tomonidan 80 dan ortiq yetakchi kompaniya va bank-moliya institutlari rahbarlari ishtirok etishdi.
– Zamonaviy sharoitda hamkorlikning yangi modelini yaratishga kelishib oldik. Munosabatlarimizda “Yuqori texnologiya va innovatsion hamkorlikning yangi davri boshlanyapti», dedi davlatimiz rahbari.
O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oluvchi mintaqaviy yuqori texnologiyali xabni yaratish bo‘yicha strategik dasturni ishlab chiqish bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.
Ushbu forum doirasida mamlakatlar oʻrtasida koʻplab memorandumlar imzolandi. Jumladan, Toshkent shahridagi Inha universiteti SEESAW D&U Co. Ltd. kompaniyasi bilan memorandum imzoladi.
Tomonlar qo‘shma mahorat darslari, xakatonlar, virtual seminarlar, uchuvchisiz uchish apparatlari tizimlari va sun’iy intellektni tadqiq etish va rivojlantirish sohasida hamkorlikni, shuningdek, qo‘shma ta’lim va o‘quv tashabbuslarida ishtirokni o’tkazishadi.