Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchta noyob loyihani taqdim etib, o‘zlarining innovatsion yondashuvlari va jamiyatni yaxshilashga bo‘lgan intilishlarini namoyish etdilar:
🔽Mirvohid Azimov tibbiyot va teri kasalliklari muammolarini hal qilish bilan bog‘liq Dermato loyihasini taqdim etdi.
🔽Azizbek Fattoyev inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan Lexora loyihasini taqdim etdi.
🔽Azizbek Davlatmirzayev ekologiyani saqlash va yaxshilashga qaratilgan Digital Forest loyihasini taqdim etdi.
Tadbir yakunida Innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va mamlakat kelajagini barpo etishdagi faol ishtiroki uchun Inha universiteti talabalari va rahbariyati taqdirlandi.
