Kompyuter savodxonligi va dasturlash asoslari bepul kursi yakunlandi

Toshkent shahridagi Inha universitetida kompyuter savodxonligi va dasturlash asoslari bo‘yicha 2 oylik bepul kurs yakunlandi.
Kurs Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 25 umumta’lim maktabining 93 nafar bitiruvchisi uchun tashkil etildi.
Darslarni TShIUning eng muvaffaqiyatli talabalari olib borishdi. Darsda talabalar kompyuterda ishlashning asosiy ko’nikmalarini egalladilar. Bundan tashqari, ular asosiy dasturlash vositalarini o’zlashtirib, oddiy dasturlar yozishni o’rgandilar.
Eng faol tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.