📲Ta’lim uchun 100 ta davlat granti dasturi bo’yicha 2022-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetiga o’qishga kirgan talaba qizlar bilan videorolik tayyorladik. Ularning barchasi 4 yil mutlaqo bepul ta’lim olishadi.
Videoda qizlar o‘qishga kirish tajribasi va universitet tanlashda ular uchun qanday mezonlar muhim bo‘lganligi haqida so’zlab berishdi. Butun dunyoda IT sohasida ishlayotgan ayollar soni yil sayin ortib bormoqda. 2011-yilgi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ayollarning atigi 6,8 foizi IT sohasida ish faoliyatini yuritgan. 10 yildan ko’proq vaqt o’tgach, IT sohasidagi ayollar soni 22,3% gacha o’sdi, bu esa yaxshi ko’rsatkich🤩.
🎬 Videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin :