Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori tomonidan talabalar uchun ma’ruza bo’lib o’tdi🔥🎓

12-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida rektori Muzaffar Djalalovning oflayn+onlayn formatida “Future of Education. Do we still need schools and universities?» mavzusiga bag’ishlangan maruzasi bo’lib o’tdi.

Ma’ruza uch tilda olib borildi. Talabalar jonli va onlayn tarzda ishtirok eta oldilar. Uchrashuvda nafaqat universitet talabalri balki universitet xodimlari ham ishtirok etdilar. Ishtirokchilar ma’ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berib, ularga atroflicha javob oldilar.

Ushbu ma’ruza ta’lim kelajagiga turli nuqtai nazardan qarash va zamonaviy dunyoda maktab va universitetlarning o’rni haqida suhbat ochish imkonini beruvchi muhim voqea bo’ldi. TShIU rektori Muzaffar Djalalovning talabalar va tinglovchilarda qiziqish uyg‘otgan ta’lim evolyutsiyasi haqida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur tadbir ta’limga faol va innovatsion yondashuv namunasi bo‘lib, o‘quvchilar va butun jamiyat rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.