Toshkent shahridagi Inha universitetining kiberxavfsizlik trening markazining 1-to’lqin tinglovchilari uchun kiberxavfsizlikning asosiy ko‘nikmalari bo‘yicha kurs yakunlandi.
Joriy yilning mart oyida Toshkent shahridagi Inha universitetining kiberxavfsizlik trening markazida CCSA (Check Point Certified Security Administrator) sertifikatlash kursi boshlandi. Kurs davomida talabalar CCSA sertifikatiga tayyorgarlik ko’rish va Check Point Security Gateways va Management Software Blades-ni sozlash va boshqarish uchun zarur bo’lgan asosiy tushunchalar va ko’nikmalarni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
