Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti «Ta’limda ishonchli hamkor» nominatsiyasi bo‘yicha faxriy mukofot bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot universitetning moliya-texnologiya va to‘lov sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi, shuningdek, mamlakat to‘lov ekotizimi ishtirokchilari bilan samarali hamkorligining e’tirofi bo‘ldi.
Yangiliklar 19-dekabr kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida O‘zbekiston to‘lov bozori ishtirokchilarining yutuqlariga bag‘ishlangan professional mukofot – UZCARD AWARD 2025 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
