19-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida (UIT) “Texnologik sinergiya: raqamli kelajak uchun hamkorlik” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sigma Software, korporativ ta’lim platformasi Sigma Software University, Inha universiteti, IT Park O‘zbekiston va StrategEast hamkorligida tashkil etilgan mazkur konferensiya O‘zbekistonda innovatsiyalar rivoji va raqamli transformatsiya masalalariga bag‘ishlandi. Asosiy e’tibor xalqaro IT-kompaniyalar va mahalliy manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlariga qaratildi, bu esa mamlakatda raqamli o‘zgarishlarni tezlashtirishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida Sigma Software kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z IT-razrabotka ofisini ochishini e’lon qildi. Shuningdek, mazkur hamkorlik IT-sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

Konferensiyada yetakchi ekspertlar va biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etdi:
🔹 Veronika Korj – Sigma Software Optico boshqaruvchi direktori
🔹 Muzaffar Djalalov – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori, Toshkentdagi Inha universitetining sobiq rektori
🔹 Abdulahad Kuchkarov – Bosh direktor, IT Park O‘zbekiston
🔹 Jahongir Qagirov – IT Park O‘zbekiston, IT & Services Exports yo‘nalishi rahbari
🔹 Maksim Pochebut – Ta’lim direktori, Sigma Software
🔹 Wim Riepma – Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili
🔹 Tatyana Bystrushkina – Amerika savdo palatasining ijrochi direktori

Konferensiyaning moderatori:
🔹 Aisuluu Qojomqulova – StrategEast’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori
👥 Muhokamada quyidagi asosiy mavzular yoritildi:
🔽 Xalqaro IT-kompaniyalar O‘zbekistondagi raqamli transformatsiyaga qanday hissa qo‘shishi mumkin?
🔽 Universitetlar va biznes hamkorligi qanday yangi imkoniyatlar yaratadi?
🔽 Qaysi texnologiyalar va innovatsiyalar mamlakat iqtisodiy muhitiga katta o‘zgarishlar olib kelishi mumkin?

➡️ Konferensiya xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonda IT-ekotizimni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi!