Marosimda Toshkent shahdagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev, Britaniya Kengashi vakillari Irina Teplyakova va G‘afur Tojiboyev, shuningdek, kurs o‘qituvchilari hamda bitiruvchilari ishtirok etdilar.
IUT qoshidagi tayyorlov kurslari tinglovchilarining 93 foizi imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Ularning yarmidan ko‘pi 6.0 balldan yuqori natijaga erishdi.
Ushbu natija professor-o‘qituvchilar tarkibining tayyorgarlik sifati va kasbiy mahoratining yorqin isboti bo‘ldi.

