2026-yil 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Markaziy Osiyo uchun Mintaqaviy Simpozium – 2026” o‘z ishini boshladi.

Birinchi kuni davlat organlari vakillari hamda kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislari uchun amaliy treninglar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar real keyslar ustida ishladilar, insidentlarga javob berish mexanizmlarini va kiberxavflarga qarshi kurashishning xalqaro yondashuvlarini muhokama qildilar.

Simpozium Kiberxavfsizlik markazi tomonidan FIRST korxonasi bilan hamkorlikda, Inha University in Tashkent ko‘magida tashkil etildi.