Tadbir dasturi doirasida FIRST (Forum of Incident Response and Security Teams) ijrochi direktori Kris Gibson, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullaev va O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi direktori Olimjon Mirzaev tabrik so‘zi bilan chiqish qildilar.
Ma’ruzachilar kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.
Ishtirokchilar tajriba almashish, axborot xavfsizligining zamonaviy chaqiriqlarini muhokama qilish hamda jahon professional hamjamiyatida qo‘llanilayotgan talab va standartlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
