AICA Davra Suhbati: O’zbekistonda Fintech va Banklarda Sun’iy Intellektni Rivojlantirish

Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) tashabbusi bilan, 12-sentabr kuni sun’iy intellektni rivojlantirish va uni FinTech va bank sohasiga joriy etishni muhokama qilish uchun davra suhbati tashkil etildi.
AICA O’zbekiston Respublikasi FinTech tashkilotlari va banklari mutaxassislarini to’pladi. Majlisda O’zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi va Markaziy banki ham ishtirok etdi.
Yig’ilish davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov moderator sifatida ishtirok etdi va sun’iy intellektni ushbu sohalarga integratsiya qilish bo’yicha muhokamani faol olib bordi.