25-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Meta kompaniyasining sun’iy intellekt tadqiqotlari bo‘yicha vitse-prezidenti Ruslan Salaxutdinov ma’ruza qildi.

Ruslan Salaxutdinov AQShning yetakchi sun’iy intellekt tadqiqotchilaridan biri va Meta kompaniyasining ushbu sohadagi vitse-prezidenti. U Siri’ni rivojlantirdi va bugungi kunda ChatGPT’ga o‘xshash tizimlarni takomillashtirmoqda. Shuningdek, u Pitsburgdagi Karnegi-Mellon universiteti (CMU)da professor lavozimida faoliyat yuritadi. Bu talabalarimiz uchun haqiqiy mahorat darsi bo‘lib, unda spiker sun’iy intellektning kelajagi va uni global texnologik loyihalarda qo‘llash bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bunday uchrashuvlar nafaqat yangi bilim va amaliy tushunchalar, balki bo‘lajak IT-mutaxassislari uchun kuchli motivatsiya hamdir.