13 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasining 48 nafar tinglovchilari uchun «Raqamli texnologiyalar dasturiy ta’minotining imkoniyatlari» hamda «Xavfsizlikni ta’minlashning dasturiy vositalari» mavzusida fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Tadbirni Toshkent shahridagi Inha universitetining yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori T.Tursunmuratov, profilaktika katta inspektori leytenant A.Xalikova va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Xojimirzayev olib bordi.

Tadbirni Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.Tursunmuratov ochib berib, Toshkent shahridagi Inha universitetining axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi.

Tadbir davomida IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchilariga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, ishtirokchilar universitetda dars o‘tish uchun zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv laboratoriyalariga tashrif buyurishdi