28-yanvar kuni Cyberpro.AI kompaniyasining global biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, Teсhnion universiteti doktori Shaxar Goldenberg boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov mehmonlarga universitetning asosiy yutuqlari va imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, uning ta’lim tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi.

Shahar Goldenberg, o‘z navbatida, kompaniya faoliyati bilan tanishtirdi. Kompaniyaning muhim yo‘nalishlaridan biri kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasida mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim akademiyalari va xablarini tashkil etishdir. Shuningdek, u Cyberpro.AI kompaniyasi iste’dodlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani, jahon darajasidagi mutaxassislarni o‘qitish va tayyorlash uchun ilg‘or usullardan foydalanayotganini ta’kidladi.

Tomonlar yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.