29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida raqamli ta’limni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan mutaxassislar va tashkilotlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov sohaning asosiy yutuqlarini ta’kidlab, bir qator ilg‘or tashkilotlar va ekspertlarga mukofotlarni topshirdi.
▫️ Toshkent shahridagi Inha universiteti ham ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi – bu universitetning raqamli ta’limni rivojlantirish, yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishga qo‘shgan hissasini e’tirof etish sifatida.
Jamoamizga, o‘qituvchilarimiz va talabalarimizga professionallik, tashabbuskorlik va rivojlanishga bo‘lgan intilishlari uchun tashakkur!