

Unda Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov «Hozirgi va kelajakdagi IT-yo‘nalishlar» mavzusida so‘zga chiqdi. Muzaffar Djalalov mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan IT-mutaxassislar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalarni ta’kidlab o‘tib, yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.


Ushbu tadbir doirasida, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, memorandum ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ikki universitet o‘rtasida bilim va tajriba almashish, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishga qaratildi.

Ishonchimiz komilki, bu hamkorlik ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, qo‘shma loyihalar yaratish va malaka oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish uchun asos bo‘ladi.
