5-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvga  Mirzo Ulugbek tumani Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Maxmudov, katta tergovchi S.Soipov taklif etildi. 40 dan ortiq xodimlar ishtirok etgan mazkur uchrashuv korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari va bartaraf etish usullariga bag’ishlandi.
Uchrashuv so’ngida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.