«Rossiya va O‘zbekistonning aqlli shahar texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi hamkorligi» forsayt sessiyasida shahar infratuzilmasini raqamlashtirishga qaratilgan ilg‘or loyihalar taqdim etildi.
Ishtirokchilar sanoat, transport, uy-joy kommunal xo‘jaligida sun’iy intellektni joriy etishning asosiy tendensiyalari va imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Video-tahlil, shahar infratuzilmasi xavflarini boshqarish, shuningdek, aqlli transport tizimlarini integratsiya qilish sohasidagi innovatsion yechimlar namoyish etildi.
Sessiya doirasida raqamlashtirish sohasidagi dolzarb muammolar va ularni ilg‘or IT-ishlanmalarni qo‘llagan holda hal etish yo‘llari muhokama qilindi.
