2-6 fevral kunlari hududlarga bo‘lgan ishchi safari yakunlandi. Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Jalolov va v.b Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori B. Abdullayev.
 
Ishchi guruh Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona shahridagi filiali va uning litseyida bo‘lib, rahbariyat, professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Amiti haqida taqdimot o‘tkazildi. Ayni paytda hamkorlik bo’yicha taklif ishlab chiqilmoqda.
 
Shuningdek, Inha va Amiti universitetlari rahbariyati TATU filialidagi yotoqxonada bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta tashabbusi bo‘yicha talabalar va ularning loyihalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Eng faol va iqtidorli talabalarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi. Filialdagi yotoqxonada talabalar faoliyati, yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdik.
 
Safar Marg‘ilon shahridagi IT-Park va Namangan shahridagi yangi IT-texnika maktabiga tashrif buyurish bilan yakunlandi va u yerda ham yoshlar uchun ochiq uchrashuvlar o‘tkazildi.