1-aprel kuni TShIUda “Academic Support Club” klubi tomonidan o‘quv mashg‘ulotlar bo’lib o’tdi.
Klub vakillari Shoxruhbek Yahyoev, Shoxruhbek Rustamov, Romiz Ahrorov, Amirshoh Abdurahmonov, Subhiddin Nuriddinov, Saidjon Haydar-Zade va Mirshod Maxsudovlar Calculus 2, OOP2, Physics 2, Computer Architecture, System Programming fanlari boʻyicha yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishga yordam berdilar. Ochiq darsda 200 nafar talaba ishtirok etdi.
Barcha kerakli ma’lumotlarni ushbu klub kanali orqali topishingiz mumkin: @iut_academicHelp
Klubning saytida siz barcha darslarni ko’rishingiz va o’qishdagi har qanday savollaringizni berishingiz mumkin.
