«Academy of Korea IT Alliance (AKITA)»ning ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi

20-sentabr kuni «Academy of Korea IT Alliance(AKITA)» – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Koreya IT fakultetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Koreyaning Yeungnam universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 2+2 Dual Degree dasturi talabalarga Koreya universitetlarida IT sohasida tahsil olish, IT-kompaniyalarda amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkonini beradi. Shuningdek, talabalar Koreyaning yirik IT-kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu dastur talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llab, tajriba orttirishiga yordam berish uchun mo’ljallangan.
Ochilish marosimida O‘zbekiston va Koreya vakillari, jumladan, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori ishtirok etib, akademiya rivojiga muvaffaqiyatlar tiladilar.
AKITA Koreya universitet modeli asosida va xalqaro standartlarga muvofiq yuqori darajadagi IT-mutaxassislarini tayyorlash orqali O‘zbekistonda ta’lim innovatsiyalarini rag‘batlantirishga qaratilgan.