“AI for Social Good” panel sessiyasi

19-sentabr kuni ICTWEEK Uzbekistan 2024 AKT haftaligi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilingan “AI for Social Good” panel sessiyasida ishtirok etdi. Sessiyada, shuningdek, IT sohasidagi yetakchi mutaxassislar – Raqamli texnologiyalar vazirligi Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sadullayev Sarvarbek, ImageProVision kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Sandeep Kularni, AI Journey ijrochi direktori Elvira Chache, Amity universiteti rektori Bobur Abdullaev, AI rivojlantirish bo‘yicha Yandex direktori Alexandr Krainov.
Muhokama ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun sun’iy intellektni joriy etishning muhim jihatlarini qamrab oldi. Shuningdek, AIning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun taqdim etayotgan global tendensiyalari va imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.