AI Meetup: Smart Engineering – sun’iy intellekt olamiga kirib boramiz!

⏺ 19-fevral
⏺ 18:00 – 20:30
⏺ Toshkent shahridagi Inha universiteti

Toshkent shahridagi Inha universiteti Sigma Software bilan hamkorlikda talabalar, dasturchilar, IT-mutaxassislar va sun’iy intellektga qiziquvchilarni «AI Meetup: Smart Engineering – applying AI where it matters!»ga taklif etadi.

🔔Sizni nima kutmoqda?
✔️ AI va Data Science sohasidagi ekspertlarning chiqishlari
✔️ Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning dolzarb masalalarini muhokama qilish
✔️ Foydali aloqalarni o‘rnatish va karyera istiqbollarini muhokama qilish imkoniyati
✔️ Shinam muhit, netvorking va qahva tanaffusi

🎤Tadbir spikerlari:
⏺Kamronbek Mamaroziqov – sun’iy intellekt bo‘yicha dasturchi, Data Science, Power BI, Python va Natural Language Processing sohasi mutaxassisi.
📌 Ma’ruza mavzusi: Leveraging Open-Source LLMs

⏺Andrii Salata – Sigma Software kompaniyasining yetakchi dasturchisi, IT sohasida 15 yillik va Data Science’da 7+ yillik tajribaga ega mutaxassis.
📌 Ma’ruza mavzusi: AI qoidalari: muhandislar uchun muvofiqlik statistikasi

Shuningdek, mahalliy ekspertlarning chiqishlari ham dasturda.

📢 Tadbir tili: ingliz
🎟Ro‘yxatdan o‘tish majburiy – joylar soni cheklangan!

🔗Ro‘yxatdan o‘tish

Bizga qo‘shiling va AI olamida o‘zingiz uchun yangi imkoniyatlarni kashf eting! 🚀