Toshkent shahridagi Inha universiteti va Miru Systems Co. Ltd memorandum imzoladilar

3 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Miru Systems Co. Ltd  (Koreya Respublikasi)kompaniyasi bosh direktori Jinbok-Chung va kompaniya katta muhandisi Jungsu-Yang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik va oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tomonlar birgalikda quyidagilarni amalga oshirishga kelishishdi:
–  Universitetda BPO markazini rivojlantirish va  loyihalarni amalga oshirishda talabalarni jalb qilish.
– IT sohasida bilim va ko’nikmalar almashinuvi
– Universitet talabalarining kelgusida Miru Systems Co Ltd.da ishga joylashish uchun amaliyotda ishtirok etishi.